Jinoyat-protsessual kodeksi

497³-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi

(497³-модданинг биринчи қисмининг 3 ва 4-бандлари Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонунига асосан 3-банд билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Qonuniy kuchga kirmagan hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin: 1) jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan — Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga; 2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan — O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga; 3) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan — ayni shu sudlarga. Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita apellyatsiya instantsiyasi sudiga berilgan taqdirda, mazkur sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 497⁶-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.