Jinoyat-protsessual kodeksi

497¹⁶-modda. Taraflarning apellyatsiya instantsiyasi sudi majlisida ishtirok etishi

Apellyatsiya instantsiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart: 1) tegishincha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) mahkum, oqlangan shaxs yoki o'ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs — mazkur shaxs sud majlisida ishtirok etish to'g'risida iltimosnoma bergan yoki sud mazkur shaxsning sud majlisida ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda; 3) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida ko'rsatilgan hollarda. Qamoqda yoki uy qamog'ida saqlanayotgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqishda hozir bo'lish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferentsaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.