Jinoyat-protsessual kodeksi

487-modda. Hukmda, ajrimda bayon etilgan sud xulosalarining ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi

Sud hukmi, ajrimi quyidagi hollarda jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb e'tirof etiladi, agar: 1) sud xulosalari sud majlisida ko'rilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan bo'lsa; 2) sud o'z xulosalariga jiddiy ta'sir qilishi mumkin bo'lgan holatlarni hisobga olmagan bo'lsa; 3) ish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud bo'lgani holda, sud qaysi sabablarga ko'ra ushbu dalillarning ayrimlarini ishonarli deb topganligi va boshqalarini rad etganligi hukmda, ajrimda ko'rsatilmagan bo'lsa; 4) hukmda, ajrimda bayon etilgan xulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud bo'lib, ular sudlanuvchining aybliligi to'g'risidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarining to'g'ri qo'llanilishiga yoki jazo chorasini belgilashga ta'sir ko'rsatgan bo'lsa yoki ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.