Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida hukmni, ajrimni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari quyidagilardan iborat:
1) sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi;
2) hukmda, ajrimda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi;
3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy ravishda buzilganligi;
4) Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligi;
5) jazoning adolatsizligi;
6) Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasidagi yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikdan cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmasligi haqidagi normaning qo'llanilish zaruriyati mavjudligi;
7) qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi;
8) sudlanuvchiga nisbatan ayblovning og'irrog'i bilan yoki haqiqiy holatlarga ko'ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirilganligi yoki sudlanuvchining yangi ayblov bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud boshqa shaxsning ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
485-modda. Hukmni, ajrimni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.