Ayblov hukmining qaror qismida:
1) sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilganligi to'g'risidagi qaror;
3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb e'tirof etilishiga asos bo'lgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining o'ta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo'lsa;
4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va me'yori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va o'talishi lozim bo'lgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini o'tashi lozim bo'lgan tegishli tartibli koloniya turi;
4¹) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar);
5) sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilingan bo'lsa, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa yoki shaxs;
6) ushlab turilgan yoki qamoqda yoxud uy qamog'ida saqlangan vaqtni jazo tayinlashda jazo muddati hisobiga kiritish to'g'risidagi qaror;
7) hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga doir qaror;
8) mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar;
9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish to'g'risidagi qaror ko'rsatiladi.
Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qo'yilgan bo'lsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar bo'yicha oqlanganligi va qaysi moddalar bo'yicha hukm qilinganligi ko'rsatilishi lozim.
Sudlanuvchi jazoni o'tashdan ozod qilingan bo'lsa, bu haqda hukmning qaror qismida ko'rsatiladi.
Barcha hollarda tayinlangan jazo shunday ifodalanishi lozimki, toki hukmni ijro etishda sud tayinlagan jazo turi va me'yori xususida hech qanday shubha tug'ilmasin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
468-modda. Ayblov hukmining qaror qismi
(468-модданинг биринчи қисми 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.