Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan so'ng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda ko'rilgan bo'lsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat bo'ladi.
Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka o'zi chiqargan sudya tomonidan qo'lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm e'lon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
465-modda. Hukmni tuzish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.