Jinoyat-protsessual kodeksi

456-modda. Sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi

Sudya hukmni alohida xonada, sud esa maslahatxonada chiqaradi. Bunday paytda mazkur xonada faqat sudyaning o'zi yoki ushbu ish bo'yicha sud tarkibiga kirgan sudyalar hozir bo'lishlari mumkin. Boshqa shaxslarning hozir bo'lishlariga yo'l qo'yilmaydi. Kech kirishi bilan, zarurat bo'lgan taqdirda esa, kun davomida ham sud maslahatni to'xtatishga haqlidir. Maslahatlashuv dam olish kuni va bayram kunida ham to'xtatiladi. Sudyalar maslahatlashuv vaqtida aytilgan mulohazalarni oshkor qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.