Jinoyat-protsessual kodeksi

452-modda. Sud tergovini yangidan boshlash

Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi so'zida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar to'g'risida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash to'g'risida ajrim chiqaradi. Yangidan boshlangan sud tergovi tamom bo'lganidan keyin sud taraflarning muzokarasini yangitdan ochadi va sudlanuvchiga oxirgi so'z beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.