Jinoyat-protsessual kodeksi

447-modda. Tanib olish uchun ko'rsatish, eksperiment o'tkazish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish

(447-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Sud tergovida tanib olish uchun ko'rsatish, eksperiment o'tkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131, 153 — 156, 188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq o'tkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va o'z mulohazalarini bildirishga haqlidirlar. Sud ushbu harakatlarni o'tkazishda ko'maklashishni surishtiruvchi yoki tergovchidan talab qilishga haqlidir. Tanib olish uchun ko'rsatish, eksperiment o'tkazish hamda namunalar olish jarayoni va natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar, mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.