Sudlanuvchi yashiringan bo'lsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa og'ir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni to'xtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qo'shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay to'xtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan e'lon qilinadi.
Sudlanuvchining og'ir kasal bo'lganligi tufayli ishni ko'rish to'xtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o'zgartirish masalasini muhokama qilishi lozim.
Sud jinoyat ishini ko'rishni to'xtatish to'g'risida ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
420-modda. Jinoyat ishini ko'rishni to'xtatish
(420-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Jinoyat ishini ko'rishni to'xtatish — bu sud tomonidan ishni vaqtincha yoki butunlay to'xtatiladigan qaror. Agar sudlanuvchi yashiringan bo'lsa, juda kasallanib ketsa yoki sud kelishga qodir bo'lmasa, sud ishni to'xtatadi. Agar bir nechta sudlanuvchi bo'lsa, faqat shu odam haqidagi ishni to'xtatadi, boshqalari haqida davom ettiriladi.
KIMGA TEGISHLI
Bu qaror sud tomonidan qabul qilinadi va sudlanuvchi, uning vkilasi va prokuror uchun majbur.
AMALDA
Masalan, Javohir jinoyat ishida sudlanuvchi bo'lib, sud boshlanganidan keyin u juda kasallanib, shifoxonada yotadi. Doktor sertifikati bilan sud uning sog'ayguniga qadar ishni to'xtatadi. Agar boshqa sudlanuvchilar ham bo'lsa, ularning ishini davom ettiradi. Javohir sog'ayganidan keyin ishni qayta boshlaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.