Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati bo'lmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz ko'rish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rish uchun zarur vaqt berilishi lozim.
Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga ko'ra sudga kelmaganligi to'g'risida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga ko'ra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
412-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
(412-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-288-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 16-сон, 162-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.