Jinoyat-protsessual kodeksi

405⁶-modda. Jinoyat ishi bo'yicha dastlabki eshituvni o'tkazish tartibi

(405⁶-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida o'tkaziladi. Taraflarni sud majlisiga chaqirish to'g'risidagi bildirish dastlabki eshituv o'tkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan bo'lishi kerak. Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart. Dastlabki eshituv ayblanuvchi yo'qligida uning iltimosiga ko'ra yoki basharti sud muhokamasini ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o'tkazish uchun asoslar mavjud bo'lsa, taraflardan birining iltimosiga ko'ra o'tkazilishi mumkin. O'z vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni o'tkazish uchun monelik qilmaydi. Raislik qiluvchi dastlabki eshituv bo'yicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi. Raislik qiluvchi sud tarkibini e'lon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini e'lon qiladi. Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishda ishtirok etayotgan bo'lsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi. Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Bildirilgan rad qilishlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi. Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan iltimoslari bor-yo'qligini so'raydi. Dastlabki eshituvni o'tkazish raislik qiluvchining ma'ruzasi bilan boshlanadi, ma'ruzadan keyin u sud majlisida hozir bo'lganlarni eshitadi. So'ngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi. Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash to'g'risida iltimosnoma bergan bo'lsa, sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi e'tirozi bor-yo'qligini surishtiradi. E'tirozlar mavjud bo'lmagan va dalillarni nomaqbul deb e'tirof etish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi. Taraflarning qo'shimcha dalillarni talab qilib olish to'g'risidagi iltimosnomalari, agar ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli bo'lsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan so'ng davlat ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida o'qib eshittirilishi kerak. Dastlabki eshituv natijalari bo'yicha sudya ushbu Kodeksning 405¹⁴-moddasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini chiqaradi. Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha bayonnoma yuritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.