Jinoyat-protsessual kodeksi

393-modda. Jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga ko'ra o'tkazilishi

Jinoyat ishi to'la, xolisona va o'z vaqtida ko'rilishini ta'minlash maqsadida ishni bir suddan boshqa sudga yuqori sud raisi qarori bilan o'tkazish mumkin. Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasidagi sudga o'tkazish masalasi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi tomonidan hal etiladi. Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chog'ida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, ishni sudlovga tegishliligiga ko'ra o'tkazish to'g'risida ajrim chiqaradi. Ishning o'tkazilishiga faqat ish sud majlisida ko'rila boshlangunga qadar yo'l qo'yiladi. Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida ma'lum bo'lib qolsa, ishning holatlarini to'la tekshirishga zarar yetkazmaydigan bo'lsa, sud ishni ko'rishni davom ettiraveradi, aks holda sud ishni sudlovga tegishliligiga ko'ra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud o'z majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususda ajrim chiqaradi. Yuqori sudning sud majlisida ko'rila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.