Jinoyat-protsessual kodeksi

387-modda. Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslarning ro'yxatini o'zgartirish

(387-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning o'rinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning ro'yxatini o'z qarori bilan qisqartirish yoki to'ldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega bo'lgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari ro'yxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda yoki surishtiruvda guvoh sifatida so'roq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar ro'yxatga qo'shimcha qilib kiritilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.