Jinoyat-protsessual kodeksi

385-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokurorning qarori

(385-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Prokuror yoki uning o'rinbosari ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini ko'pi bilan besh sutkada ko'rib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart: 1) ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; 2) o'z qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash, yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qo'llash va shu o'zgartirishlar bilan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; 3) qo'shimcha tergov o'tkazish uchun ishni o'z ko'rsatmalari bilan surishtiruvchi yoki tergovchiga qaytarish; 4) surishtiruv o'tkazilgan jinoyat ishini tergovga tegishlilik qoidalari buzilganligi aniqlangan yoki ushbu Kodeksning 381⁵-moddasi to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda dastlabki tergov organiga o'tkazish; 5) ishni yuritishni to'xtatish; 6) ishni tugatish; 7) amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to'g'risida sudga iltimosnoma kiritish. Basharti ayblovni to'ldirish yoki uni og'irlashtirish tomoniga yoxud haqiqiy holatlarga ko'ra avvalgi ayblovdan jiddiy farq qiladigan tomonga o'zgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning o'rinbosari qo'shimcha yoki o'zgartirilgan ayb e'lon qilish uchun ishni qo'shimcha tergovga qaytaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.