Surishtiruv jinoyat ishi qo'zg'atilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo'yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo'yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo'yicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo'shimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi bo'yicha surishtiruv muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat bo'yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo'lsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan e'tiboran hisoblanadi.
Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratilgan bo'lsa, o'sha jinoyat ishi qo'zg'atilgan paytdan e'tiboran hisoblanadi.
Ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to'g'risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to'g'risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni surishtiruv tamomlangan hisoblanadi.
Surishtiruv muddatiga quyidagilar kirmaydi:
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
2) surishtiruv to'xtatib turilgan vaqt;
3) qo'shimcha surishtiruv o'tkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish surishtiruvchiga kelib tushgunga qadar o'tgan vaqt.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ish qo'shimcha surishtiruv o'tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to'xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo'shimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan e'tiboran o'n kun doirasida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
381⁷-modda. Surishtiruv yuritish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.