Jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi qaror belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi.
Qarorning tavsif qismida:
1) jinoyat ishini qo'zg'atish asoslari va uning sodir etilishiga doir tergov vaqtida tekshirilgan tusmollar;
2) gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar, ularga qo'yilgan ayb va ularga nisbatan qo'llanilgan ehtiyot choralari, basharti bu shaxslarga qo'yilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror bilan tugatilmagan bo'lsa;
3) jinoyat ishini tugatish asoslari;
4) bu asoslarni tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari va sahifalarida aks ettirilganligi;
5) ashyoviy dalillarning ro'yxati, bu ashyolar saqlanayotgan joy va ularning egalari, shuningdek manfaatdor shaxslar yoki muassasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib berish to'g'risidagi iltimoslari, basharti shunday iltimos qilingan bo'lsa;
6) fuqaroviy da'voni ta'minlash choralari bayon qilinadi.
Qarorning xulosa qismida:
1) jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi;
2) gumonni yoki ayblovni olib tashlash to'g'risidagi;
3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish, O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish to'g'risidagi;
4) ashyoviy dalillar to'g'risidagi qarorlar bayon qilinadi.
Tergovchi ishni tugatish to'g'risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da'vogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qo'zg'atilgan bo'lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to'g'risidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi.
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo'limiga xabar qiladi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
374-modda. Jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi qaror
(374-модда учинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 15 августдаги ЎРҚ-1081-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.08.2025 й., 03/25/1081/0738-сон)
Oddiy tilda
**Jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi qaror**
Nimani anglatadi
Tergovchi jinoyat ishini tugatganda, bu haqda rasmiy hujjat tuzadi. Unda ishni nima uchun tugatayotgani, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilar haqida ma'lumot, shuningdek topilgan dalillar va ashyoviy dalillar haqida batafsil yoziladi. Qarorning oxirida ishni tugatish to'g'risidagi qaror va ehtiyot choralalarni bekor qilish to'g'risidagi buyruq beriladi.
Kimga tegishli
Bu qaror tergovchi tomonidan tuziladi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi va boshqa manfaatdor shaxslarga xabar qilinadi.
Amalda
Agar jinoyat ishi vaqti o'tib ketgan yoki gumon isbotlanmagan bo'lsa, tergovchi qaror chiqaradi. Masalan, o'g'irlik gumon qilingan shaxs haqida ish tugatilganda, uning pasporti qaytariladi va u erkin bo'lib qoladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.