Har bir tergovchi o'z yurituvida bo'lgan jinoyat ishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o'zi bajarishga yoxud uni o'tkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Tergovchining topshirig'ida ijro etuvchi uchun majburiy bo'lgan ijro muddati ko'rsatiladi. Tergovchining topshirig'ini bu muddat ichida ijro etishning iloji bo'lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to'g'risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko'rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.