Jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqarilganidan keyin:
1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va 381²-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud o'zi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi;
2) tergovchi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko'ra boshqa dastlabki tergov organiga yoki ushbu Kodeksning 381²-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko'ra surishtiruv organiga yuboradi;
3) surishtiruvchi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 381²-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko'ra boshqa surishtiruv organiga yoki ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko'ra dastlabki tergov organiga yuboradi;
4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig'i jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va 381²-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga ko'ra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga o'tkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli bo'lgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
336-modda. Jinoyat ishini ish qo'zg'atilganidan keyin yuborish
(336-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.