Jinoyat-protsessual kodeksi

332-modda. Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish

(332-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 13 декабрдаги ЎРҚ-123-сонли Қонуни асосида учинчи ва тўртинчи қисмлар билан алмаштирилган — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 50-51-сон, 502-модда)

Bitta tergov yoki sud ish yurituviga faqat bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishi mumkin. Bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari bo'yicha zarur bo'lib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni ko'rib chiqishning to'liq va xolisona bo'lishiga ta'sir qilmasa, yo'l qo'yiladi. Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog'liq bo'lmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi qo'zg'atilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi. Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.