Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlar ro'yxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qo'zg'atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati bo'lgan taqdirda esa, o'n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qo'zg'atish yoki qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi.
Ushbu modda birinchi qismida ko'rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o'tkazilib, uning davomida qo'shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo'yish, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish, ekspertiza o'tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o'tkazish man qilinadi.
Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud bo'lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining asoslantirilgan qaroriga ko'ra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin:
1) o'tkazish uchun ko'p vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan bo'lsa;
2) olis joylarda bo'lgan yoki chaqiruvga binoan hozir bo'lishdan bo'yin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur bo'lsa;
3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qo'shimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni bo'lmasa.
4) yetkazilgan moddiy zararning o'rnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat o'tmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqish tartibi
(329-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
329-modda jinoyat haqidagi xabar, ariza yoki ma'lumot kelganda uni qanday qayta ishlash kerakligini aytadi. Politsiya yoki tergovga qadar tekshiruvchi organ bu hujjatni daftarga yozib, 10 kun ichida jinoyat bor-yo'qligini tekshirishi kerak. Agar zarur bo'lsa, ekspertiza, ko'zdan kechirish yoki boshqa tadbirlar o'tkazish mumkin.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida politsiya, tergovga qadar tekshiruvchi organ va prokurorga tegishli.
AMALDA
Qo'shniga o'g'ri qilgan odam haqida xabar keldi. Politsiya uni daftarga yozdi va 10 kun ichida jinoyat sodir bo'lganmi, yo'qmi tekshirdi. Ekspertiza va guvohlar so'zlari orqali jinoyat isbotlandi, shuning uchun ishni qo'zg'atdi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.