Protsessual chiqimlar:
1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o'tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan;
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashg'ulotidan chalg'itganlik uchun to'lanadigan summadan;
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o'z vazifalarini bajarganligi uchun to'lanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirig'i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to'lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko'rsatganlik uchun himoyachiga to'lanadigan haqdan;
5) ashyoviy dalillarni saqlash va jo'natish bilan bog'liq xarajatlar summasidan;
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza o'tkazish uchun sarflangan summadan;
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;
7¹) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferentsaloqadan foydalangan holda o'tkazish chog'ida qilingan xarajatlardan;
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat bo'ladi.
Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 7¹-bandlarida ko'rsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq byudjet mablag'lari hisobidan to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
318-modda. Protsessual chiqimlar
(318-модда биринчи қисмининг 7¹-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.