Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamog'iga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan yoki uy qamog'ida bo'lgan vaqti, jazo o'tagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik bo'yicha ish stajiga qo'shiladi.
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy qamog'iga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli o'quv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga ko'ra o'qishga tiklanishi shart.
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum bo'lgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni bo'lmasa, o'sha aholi punktining o'zida avvalgisiga teng qulayliklarga ega bo'lgan uy-joy beriladi.
Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to'xtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yo'li bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash
(310-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 28 августдаги ЎРҚ-558-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.08.2019 й., 03/19/558/3662-сон)
Oddiy tilda
**Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash**
Nimani anglatadi
Qonunga xilof ravishda hukm qilingan yoki qamoqqa olingan shaxs ozod qilingach, uning ishiga, o'qishiga, uy-joyiga va pasportiga oid huquqlari qaytarib beriladi. Bu shaxs avvalgisiga teng lavozimda ishlashi yoki o'qishni davom ettirishi mumkin. Agar oldingi ish yo'q bo'lsa, boshqa teng ish beriladi.
Kimga tegishli
Bu huquq qonunga xilof ravishda hukm qilingan va keyin reabilitatsiya etilgan har bir shaxsga tegishli.
Amalda
Misolga, Alisher noto'g'ri hukm qilingani uchun 3 yil qamoqda o'tkazdi. Ozod qilingach, uning ishiga tiklanishi kerak. Agar korxona yopilgan bo'lsa, shunga o'xshash boshqa ish beriladi. Qamoqda o'tkazgan vaqti ish stajiga qo'shiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.