Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash to'g'risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo'lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o'lchovi, og'irligi, eskirish darajasi va boshqa o'ziga xos belgilari sanab o'tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to'g'risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo'yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko'rsatiladi.
Mol-mulkni xatlash chog'ida uni yashirish, yo'q qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan bo'lsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qo'llangan choralar ko'rsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
291-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.