O'zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo'yicha odil sudlovni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Birinchi instantsiya sudi jinoyat ishi bo'yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo'yicha ishlarni ko'rib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellyatsiya tartibida ko'rilmagan bo'lsa, shikoyatlar (protestlar) bo'yicha ishlarni ko'rib, hukm yoki ajrim chiqaradi.
Taftish instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudida ko'rib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudining hukmlari yoxud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo'yicha ishlarni ko'rib, hukm, ajrim yoxud qaror chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
28-modda. Sud
(28-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.