Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida o'zini mulkiy ziyon ko'rgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qo'zg'atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy da'vo qo'zg'atishga haqlidir.
Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yo'qolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxo'rlari jinoyat protsessida fuqaroviy da'vo qo'zg'atish va uni quvvatlash huquqiga ega bo'ladi.
Fuqaroviy da'vo yozma shaklda ham, og'zaki shaklda ham qo'zg'atilishi mumkin. Og'zaki da'vo arizasi bayonnomaga yozib qo'yiladi.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da'vo qo'zg'atish, uni ko'rib chiqish va hal qilish uchun davlat boji undirilmaydi.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da'vo qo'zg'atmagan shaxs, shuningdek da'vosi ko'rilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo'zg'atishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
276-modda. Fuqaroviy da'voni qo'zg'atish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.