Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo'lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qo'yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli.
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo'lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
27-modda. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi
(27-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.