Jinoyat-protsessual kodeksi

267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ko'rib chiqish

(267-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo'lmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko'rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran qirq sakkiz soat ichida ko'rib chiqiladi. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo'lsa, o'ziga nisbatan ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi ko'rib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida ko'rib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sog'lig'i imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda surishtiruvchi yoki tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish uchun monelik qilmaydi. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qo'llash zaruratini asoslab beradi. So'ngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan bo'lsa, himoyachi, sudda hozir bo'lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan yerda, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda ko'rib chiqiladi. Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.