O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilmagan, biroq O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz bo'yin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo'lganda qo'llaniladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
254⁷-modda. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.