Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo'lmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi materialni ko'rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda esa Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko'rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko'rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo'lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e'lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatish zaruriyatini asoslab beradi. So'ngra himoyachi, sudda hozir bo'lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
254³-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish
(254³-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.