Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi yoki o'quv yig'iniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bo'yicha harbiy qism, qo'shilma, harbiy muassasa, harbiy o'quv yurti qo'mondonligining kuzatuviga berilishi mumkin.
Qo'mondonlik kuzatuvi qonunchilikda nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo'lishini ta'minlaydigan choralarni ko'rishdan iborat.
Ushbu ehtiyot chorasini qo'llash, bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qo'mondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv o'rnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qo'llanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qo'mondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo'mondonlik kuzatuvi
(254-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.