Birinchi instantsiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko'rilayotganda ish yuritish taraflarning o'zaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ish sudda ko'rilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Birinchi instantsiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash uchun ishni sudga yuborish to'g'risidagi qaror mavjud bo'lganda boshlanishi mumkin.
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to'g'ri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo'yicha o'z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.
Sud xolislik va beg'arazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
25-modda. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv
(25-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.