Ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi qaror ustidan tergovni nazorat qilayotgan, uni bekor qilishga yoki o'zgartirishga haqli bo'lgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olgan paytdan e'tiboran uch sutka ichida uni ko'rib chiqishi hamda shikoyat bergan shaxsni o'z qaroridan xabardor etishi shart.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamog'i, garov tarzidagi ehtiyot choralarini qo'llash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamog'i muddatini uzaytirish to'g'risidagi yoxud uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi masala yuzasidan sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, ushbu sud ularni yigirma to'rt soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko'rib chiqishi kerak.
Shikoyat yoki protest berilishi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi masala bo'yicha qaror ijrosini to'xtatib qo'ymaydi.
Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan shaxs mazkur ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi ajrim ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
241-modda. Ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish
(241-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.