Jinoyat-protsessual kodeksi

24-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta'minlash

(24-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 июндаги ЎРҚ-1067-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.06.2025 й., 03/25/1067/0498-сон)

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega bo'lib, ularga o'zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadi. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u o'ziga qo'yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo'lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish majburiyati bilan ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.