Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari bo'lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi bo'lsa, ularni qo'riqlash chorasini ko'rishi shart.
Shaxsning qaramog'idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo'riqlash to'g'risidagi ko'rsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo'llagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham ko'rilishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramog'idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo'riqlash choralari
(218-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.