Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar, hujjatlar va elektron ma'lumotlar taqdim etilganligi to'g'risida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 90, 91 va 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qo'yadi.
Bayonnomada:
1) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma'lumotlarni taqdim etgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar;
2) ushbu shaxsning narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma'lumotlarni ishga qo'shib qo'yish to'g'risidagi iltimosnomasi;
3) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma'lumotlarni ko'zdan kechirish jarayoni va natijalari, agar ular pochta orqali yuborilgan bo'lsa, ularning o'rovini ko'zdan kechirish natijalari;
4) narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron ma'lumotlarning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga yoki sudga haqiqatan ham topshirilganligi yoxud narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron ma'lumotlar uni taqdim etgan shaxsga qaytarib berilganligi ko'rsatiladi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli bo'lgan yoki ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan ko'chirma beradi.
Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan bo'lsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan ko'chirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga jo'natiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qo'shib qo'yiladi.
Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qo'shib qo'yish haqidagi iltimosni rad qilish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qo'shib qo'yiladi.
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun so'ralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan bo'lsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
202-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni taqdim etish bayonnomasi
(202-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.