Jinoyat-protsessual kodeksi

201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko'ra hujjatlarni taqdim qilish

(201-модда Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-418-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 1-сон, 1-модда)

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko'ra o'z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki o'zlaridagi mavjud ma'lumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko'ra o'z vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi o'tkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari to'g'risidagi dalolatnomani barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari to'g'risidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.