Jinoyat-protsessual kodeksi

199-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko'ra narsalarni taqdim qilish

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qo'yish o'tkazmasdan turib, korxona, muassasa, tashkilot rahbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chog'ida vaqtincha foydalanish uchun zarur bo'lgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga haqlidir. Bunday narsalar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) eksperiment o'tkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash uchun foydalaniladigan o'xshash narsalar yoki maketlar; 2) tanib olish uchun ko'rsatilayotgan narsa bilan turdosh bo'lgan narsalar; 3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yoxud ekspert tekshiruvini o'tkazish uchun zarur bo'lgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yoxud ularning topshirig'i bo'yicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki ekspertiza muassasasida bo'lmasa. Zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytarilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.