Qo'shimcha taftish taftish natijalari to'g'risidagi dalolatnomada mavjud bo'lgan kamchiliklarni to'ldirish va ish bo'yicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi.
Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi:
taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik to'g'risida tekshirilgan sub'yekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan e'tirozlar asosli deb topilganda;
taftish natijalari to'g'risidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud bo'lganda, shuningdek taftish natijalari to'g'risidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos bo'lgan hujjatlar, axborot va materiallar noto'g'ri deb topilganda;
taftish natijalari to'g'risidagi dalolatnomada ko'rsatilgan xulosalar asossiz bo'lganda yoki ularning to'g'riligi shubha tug'dirganda.
Dastlabki taftishni o'tkazgan shaxslar qayta taftish o'tkazish uchun tayinlanishi mumkin emas.
Qo'shimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
187⁹-modda. Qo'shimcha yoki qayta taftish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.