Jinoyat-protsessual kodeksi

187¹-modda. Taftish tayinlash uchun asoslar

(187¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli bo'lgan holatlar haqidagi ma'lumotlarni tekshirilayotgan sub'yektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini o'rganish hamda taqqoslab ko'rish yo'li bilan olish mumkin bo'lgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi. Tadbirkorlik sub'yektini taftish qilish faqat uning qonunchilikni buzganligi faktlari bo'yicha qo'zg'atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik sub'yektining faqat qo'zg'atilgan jinoyat ishi bilan bog'liq faoliyati qamrab olinishi mumkin. Jinoyat ishi qo'zg'atilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.