Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza tayinlash to'g'risida o'zi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekshirish ob'yektlarini, zarur hollarda esa jinoyat ishini ham davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbariga yuboradi. Agar qaror yoki ajrimda ekspert ko'rsatilmagan bo'lsa, tashkilotning rahbari mazkur tashkilot xodimlaridan qaysi biri ekspertiza o'tkazishi to'g'risida farmoyish berishi kerak. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) xabar beradi.
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertiza o'tkazishni tashkil qiladi, tekshirish ob'yektlarining saqlanishini ta'minlaydi, ekspertizani o'tkazish muddatlarini aniqlaydi, ekspert tekshiruvi tugaganidan so'ng xulosani, tekshirish ob'yektlari va ish materiallarini ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari, agar mazkur tashkilotda ekspert tekshiruvlarini o'tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoxud zarur moddiy-texnik baza yoki maxsus sharoitlar bo'lmasa, ekspertizani tayinlash to'g'risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda ekspertizani o'tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish ob'yektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish; ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga ushbu tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar ekspertizani o'tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo'lsa, kiritish to'g'risida iltimos qilish huquqiga ega.
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) roziligisiz ekspertizani o'tkazish uchun ushbu tashkilotda ishlamaydigan mutaxassislarni jalb etishga; ekspertizani o'tkazish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha tekshirish ob'yektlarini ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
182-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda ekspertiza o'tkazish
(182-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Jinoyat ishlarida ekspertiza o'tkazish uchun davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilotga tekshirish ob'yektlari va materiallar yuboriladi. Tashkilot rahbari ekspertizani tashkil qiladi, mos ekspertni tayinlaydi, xulosani qaytaradi. Agar o'z mutaxassislari yetmasa, boshqa tashkilotdan yoki chet eldan mutaxassislarni jalb qilish uchun ruxsat so'rashi mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu modda jinoyat ishlarini ko'rib chiquvchi organlar, sud-ekspertiza muassasalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari uchun qoidalar belgilaydi.
**Amalda**
Qotil izlanayotgan jinoyat ishida DNK ekspertizasi kerak bo'ldi. Davlat sud-ekspertiza muassasasida bunday mutaxassislar yo'q bo'lsa, rahbari boshqa viloyatdagi laboratoriyadan yoki chet eldan ekspertni jalb qilish uchun tergovchi organidan ruxsat so'rashi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.