Qo'shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo'shliqlarning o'rnini to'ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o'tkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to'g'riligiga shubha tug'ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o'tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo'llanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi to'g'risidagi masala qo'yilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash to'g'risidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qo'shilmaganligi sabablari ko'rsatilishi lozim.
Qayta ekspertizani o'tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o'tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani o'tkazishda hozir bo'lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini o'tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
176-modda. Qo'shimcha va qayta ekspertizalar
(176-модда Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 1 июндаги ЎРҚ-250-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 22-сон, 174-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.