Jinoyat-protsessual kodeksi

172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar

(172-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Ish uchun ahamiyatli holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni fan, texnika, san'at yoki kasb sohasi bo'yicha bilimi bo'lgan shaxs o'tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo'lganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo'lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. Ekspert oldiga qo'yilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas. Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda o'tkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yo'l qo'yilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o'tkazish zaruratini istisno etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.