Jinoyat-protsessual kodeksi

17-modda. Shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish

Sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va ma'naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.