Jinoyat-protsessual kodeksi

166²-modda. Sud ajrimi

(166²-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)

Sudya pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risida yoki pochta-telegraf jo'natmalarini xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning pochta-telegraf jo'natmalarini xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan bo'lishi kerak. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi ajrim tegishli aloqa muassasasining boshlig'iga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu ajrimni bajarmaganlik yoki uning mazmunini oshkor etganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi. Aloqa muassasasining boshlig'i sud ajrimida ko'rsatilgan xat-xabarlar va boshqa jo'natmalarni ushlab turadi hamda bu haqda prokurorga, tergovchiga, surishtiruvchiga yoki sudga darhol ma'lum qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yetmish ikki soat ichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sudning pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi ajrimi ijrosini to'xtatib turmaydi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko'rib chiqishi kerak. Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan: sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga va pochta-telegraf jo'natmalarini xatlab qo'yishga yoki pochta-telegraf jo'natmalarini xatlashni rad etishga haqli. Pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash rad etilgan taqdirda, aynan o'sha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo'yicha takroran sudga murojaat qilishga pochta-telegraf jo'natmalarini xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.