Eksperiment o'tkazish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo'lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o'tkazish to'g'risidagi qaroriga prokuror sanktsiya berishi lozim.
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan bo'lsa, uni o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi.
Ekspert tomonidan o'tkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
154-modda. Eksperiment o'tkazish to'g'risidagi qaror yoki ajrim
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.