Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud murdani eksgumatsiya qilishni sog'liqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda ko'milgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan bo'lsa, xolislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani taraflar ishtirokida amalga oshiradi.
Murdani eksgumatsiya qilishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis shifokor, zarur bo'lsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadilar. Agar ekspertiza tayinlangan bo'lsa, eksgumatsiya o'tkazishda sud tibbiyoti ekspertining ishtirok etishi shart.
Zarur hollarda, eksgumatsiyani o'tkazishga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek murdani tanib olishi mumkin bo'lgan shaxslar jalb qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
149-modda. Murdani eksgumatsiya qilish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.