Jinoyat-protsessual kodeksi

137-modda. Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish

(137-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida ma'lumotlar bo'lgan taqdirda o'tkaziladi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda hodisa sodir bo'lgan joy jinoyat ishi qo'zg'atilishidan oldin ham ko'zdan kechirilishi mumkin. Katta maydonlarni va binolarni ko'zdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida ko'zdan kechirishi lozim. Hodisa sodir bo'lgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar o'raladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini ko'rishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.