Jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo'lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir bo'lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni ko'zdan kechiradi.
Odam badanini ko'zdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza o'tkazish qoidalariga asoslangan holda (ushbu Kodeksning 142 — 147 va 172 — 187-moddalari) amalga oshiriladi. Pochta-telegraf jo'natmalarini ko'zdan kechirish ushbu Kodeksning 167-moddasida nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladi.
Narsalarni olib qo'yish va tintuv o'tkazish chog'ida topilgan narsalar, hujjatlar va elektron ma'lumotlar shu tergov harakatlarini o'tkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda ko'zdan kechirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
135-modda. Ko'zdan kechirish uchun asoslar
(135-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.