Jinoyat-protsessual kodeksi

129-modda. Ko'chmas ob'yektni tanib olish uchun ko'rsatish tartibi

Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko'chmas ob'yekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o'rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan ob'yektga borish yo'lini ko'rsatishga istak bildirsa, unga shu ob'yektni ko'rsatishiga imkon beriladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko'rsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining ko'rsatuvi bo'yicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun ko'rsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yo'nalish aytib qo'yilishining oldini olish choralari ko'rilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.